Manuchehr Usmonov
Dasturchi
  • Ism: Manuchehr Usmonov

  • Tug'ilgan sana: 1997-yil 23-iyun

  • Tug'ilgan joy: Namangan viloyati, Kosonsoy tumani

  • Yashash manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani

  • Soha: Dasturlash

  • Telefon: +998 91 180-50-15

  • Email: developer@devcon.uz

  • Telegram: @iplosvoy

Men haqimda

1997-yil 23-iyunda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tug’ilganman.  Bolalikdagi asosiy qiziqshlarimdan biri musiqaga yo’nalganligi sabab 4 yoshimdan boshlab Namangan viloyati Kosonsoy tumanida joylashgan 3-sonli Bolalar musiqa va sa’at maktabida, Qashqar rubobi va Fortepianino yo’nalishida tahsil ola boshlaganman. Keyinchalik 2003-yildan boshlab shu tumandagi Maxdumi A’zam nomidagi 6-son umum o’rta ta’lim maktabida o’qishni boshladim.  Keyinchalik 2010-2012 yillar mobaynida Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan 51-sonli va Kosonsoy tumanidagi 46-sonli maktabda tahsil olib shu maktabni bitirdim.

 

2012-2015 yillar mobaynida Namgan viloyati Kosonsoy tumanidagi Kasb hunar kollejining “Radiotexnika va teleradioaparatularga xizmat ko’rsatish” yo’nalishida ta’lim oldim.

 

Bolalik davrlarimga qaytadigan bo’lsam aqlimni tanigan ondan boshlab men uchun konstruktorlar, turli qurilmalar, mexanizmlar va ko’plab texnologiyalar doimo qiziq bo’lgan. Qo’limga ilingan buyumni maydalab ko’rishga, qanday ishlashini kuzatishga qiziqib ko’rardim. Ba’zilari qayta yig’ilardi, ko’plari esa boshqa qurilma uchun donor sifatiga o’tib ketardi))

 

Ikkinchi sinfligimda onam meni tumanimizdagi ko’zga ko’ringan radiotexniklardan biriga shogirt qilib berdilar, bu esa meni hayotimda tub burilish yasadi. Musiqadan ko’ra men uchun elektronika, mexanika  kabi fanlar yanada qiziqarli bo’lib borayotgan edi. Ayni o’sha vaqtlarda kelajakda Ixtirochi bo’laman degan birinchi maqsadni ham o’z oldimga qo’ydim (Hozir ixtirochiman deb sizga aytolmayman).  Kunlar o’tgan sayin men uchun o’z bilimlarim doirasida yana bir revolutsion yangilik kerak edi. Men uchun Dasturlash ushbu vazifani bajardi. Dasturlashga maktabda 8-sinf paytlarimdan boshlab qiziqa boshladim. Avvalida ushbu soha men uchun elekron qurilmalarni raqamli tarzda (robototexnika) boshqarish uchun kerak bo’ldi shu sabab ham asta sekin mavjud resurslardan foydalangan holda Delphi dasturlash tilini o’rgana boshladim (Tishimiz shunda chiqqan :D), keyinchalik veb dasturlash sohasiga qiziqib o’z sohamni batamom dasturlashga o’tkazishga qaror qildim. Bugungi kunga kelib esa ayni shu soha doirasida ishlab kelmoqdaman.

 

Hayotda muammo va kamchiliklarga to’la insonman. Yopiq fe’lli (introvert) bo’lganligim sabab atrofdagi kamdan-kam insonlar bilan chiqisha olaman. Men bilan yuz yildan ortiq yashagan inson ham meni tushuna olmaydi hech qachon deb bilaman. Ma’lum miqdorda anglaganlarni esa barmoq bilangina sanab berishim mumkin. Shu kungacha xursandchilik ulashgan insonlarimdan ko’ra, ko’nglini og’ritganlarim soni ko’proq.

 

O’quvchilarimga bera oladigan yagona maslahatim esa hayotda sizni boringizcha qabul qila oladigan insonlarnigina seving, sizni boshqarishga uringanlarni hayotingizda chiqarib yuborish qiyin emas. Orzular qiling, ularni amalga oshirishga harakat qiling. Nimalarnidir o’qib o’rganing deb aytolmayman shunchaki o’z hayot falsafangizni yarating, insonning eng asosiy bilimi ayni shu hisoblanadi.

 

Yigirma yildan keyin uchta qilgan va uchta qilmagan ishingiz uchun afsus chekasiz. Yaxshisi tinch xotirjam hayotdan voz keching, orzu qiling, kashf qiling.

Xizmatlar

Veb dasturlar

Har qanday murakkablikdagi veb dasturlar yaratish.

Mobil ilovalar

Bugungi kun talabiga monand mobil ilovalar yaratish.

Texnik xizmat

Texnik muammolar uchun yechimlar topish va sozlash.

Bilimlar

  • HTML

  • CSS

  • Javascript

  • PHP

  • SQL

  • jQuery

  • React Js

  • Codeigniter

  • Tizim administratorligi

  • Elektronika

Rezyume

  • Ish faoliyat

  • DEVCON P/E

    2015-Hozirgi kunga qadar

    Bosh direktor.

  • Worldnews axborot agentligi

    2018-2019

    Worldnews.uz veb sayti loyihasi bo'yicha dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi.

  • LingwayTech

    2016-2018

    Dasturiy ta'minotchi

  • Interfutbol media MCHJ

    2016-2018

    Interfutbol.uz, Zakovat.uz, Kushon.uz, Fckosonsoy.uz veb saytlariga texnik xizmat ko'rsatuvchi dasturchi

  • Sunrise Computer Service

    2015-2016

    Kompyuter qurilmalariga texnik xizmat ko'rsatuvchi va ta'mirlovchi muhandis.

  • Kushon Savdo Invest MCHJ

    2010-2015

    Mobil aloqalar bo'yicha texnik operator.

  • Ta'lim

  • Yuqori ta'lim

    2016-Hozirgi kunga qadar

    INTUIT - Masofaviy ta'limga asoslangan univertitet.

  • Dasturlash kurslari

    2017-2019

    Sololearn - onlayn dasturlash kurslarida malaka oshirish.

  • Til o'rganish kurslari

    2013-2014

    LingwayTech nodavlat ta'lim muassasasida ingliz tilidan o'quv kursi.

  • O'rta maxsus ta'lim

    2012-2015

    Namangan viloyati, Kosonsoy tumani Maishiy xizmat ko’rsatish va kasb hunar kollejining Radio-tele apparatularga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash.

  • O'rta ta'lim maktab

    2003-2012

    2003-yildan toki 2011-yilga qadar Namangan viloyat Kosonsoy tumanida joylashgan Maxdumi A'zam nomidagi umum o'rta ta'lim maktabi, keyinchalik 2011-yilda Namangan viloyati Chortoq tumani 51-sonli va 2011-2012 yillar orasida Namangan viloyat Kosonsoy tumani 46-sonli maktab.

Hamkorlar

Bloglar

Xabar yo'llash

Aloqa ma'lumotlari

  • Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani
  • Telefon: +998 91 180-50-15
  • Email: developer@devcon.uz
  • Telegram: @iplosvoy