Qur'ni Karim (Tafsirlar va ma'nolar)

Alloh nozil qilgan bu Qur’on yaxshi ishlarga undaguvchi, yomon ishlardan qaytarguvchidir, avvalgi payg‘ambarlarning yo‘li va ibratidir. Qur’onda sizlar haqingizda, o‘tgan ummatlar to‘g‘risida va kelajakdagi ishlar xususida xabarlar bor, sizlarning orangizdagi ishlarni hali qilguvchi hukmlar bor. Qur’on ko‘p takrorlangani va ko‘p istifoda etilgani bilan eskirib qolmaydi, Qur’onning mo‘jizalari tugamaydi. Qur’on hazil emas, haq. Qur’on bilan gapirgan odam to‘g‘ri gapirgan bo‘ladi, Qur’on bilan hukm qilgan odam odil hukm qilgan bo‘ladi, Qur’onga tayanib urushgan odam zafar quchadi, Qur’onga binoan hukm chiqargan odam to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘ladi, Qur’onga amal qilgan odam savob topadi, Qur’onni mahkam ushlagan odam to‘g‘ri yo‘lga yo‘llanadi. Qur’ondan boshqa narsadan hidoyat kutgan odamni Alloh adashtiradi, Qur’ondan boshqa narsa bilan hukm chiqargan odamni Alloh halok etadi. Qur’on hikmatlar zikridir, ravshan nurdir, to‘g‘ri yo‘ldir, Allohning tiyran rishtasidir, shifobaxsh malhamdir. Qur’onning hukmini mahkam tutgan odamni u asraydi, unga ergashgan odam najot topadi. Qur’onda tuzatish lozim bo‘lgan qing‘irlik yo‘q. Qur’on haqiqatdan yiroq ketmaydi,shu bois ayblashga, ta’na-malomatga uchramaydi. Nurul yaqin kitobidan


Kitob haqida: Ushbu kitobga ko'plab mobil ilovalardan farqli o'laroq Qur'oni Karimning O'zbek tilidagi ikki xil tarijimasi, suralar tarixi, oyatlarga izohlar. Qo'shimcha sifatida Islom Dini tarixi va Tasavvuf ilmi haqida ham to'laqonli ma'lumotlar kiritilgan.

Yaratilgan yili: 2019;

Xususiyatlari:

1. Mundarija;

2. Xatcho'plar;

3. Kril-lotin tarjimon;

4. Shrift o'lchamlarini sozlash;

5. Tungi rejim;

Fikr bildirish